Yangiliklar
Namanganda Erasmus+ axborot va targ‘ibot sessiyasi
Namanganda Erasmus+ axborot va targ‘ibot sessiyasi
O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi hamda Biznes va Fan Universiteti Namangan filiali sizni 2025-yil 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Erasmus+ axborot va targ‘ibot sessiyasiga taklif etadi.
Joy: Biznes va Fan Universiteti Namangan filiali, Konferensiya zali
Vaqt: 09:00 – 15:00
Tillar: o‘zbek va ingliz
Format: oflayn (tadbir yozuvi keyinchalik NEO ijtimoiy tarmoqlarida joylanadi)
Sessiya davomida quyidagi mavzular yoritiladi:
-
O‘zbekistonda ochiq bo‘lgan Erasmus+ yo‘nalishlari bo‘yicha yangiliklar
-
Amaldagi va yakunlangan CBHE loyihalari (LESLIE, OFINU) taqdimotlari
-
Xalqaro kredit mobilligi (ICM) bo‘yicha tajribalar
-
Oceans Network prezidenti Leila Benabdallah ishtirokida mentorlilik sessiyasi
-
Loyiha takliflarini tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar
Ishtirokchilarga sertifikatlar beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 17-noyabr 2025
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/dXgVJdCVGLfEAVbw6