2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ Days 2025 – 4-kun

32
Erasmus+ Days 2025 – 4-kun

Erasmus+ Days 2025 – 4-kun

#ErasmusDays haqidagi ma'lumotlarimiz davom etadi! Erasmus+ dasturi imkoniyatlarini keng jamoatchilikka tanishtirish, muvaffaqiyatli tajribalarni ulashish va ta’lim sohasidagi mutaxassislarni birlashtirishga xizmat qiladigan #ErasmusDays tadbirida O‘zbekiston ham faol ishtirok etmoqda.

4-kun – 16-oktabr, 2025

Erasmus+ axborot sessiyasi va TEX4FUTURE loyihasi taqdimoti
Erasmus+ kunlarining navbatdagi manzili – Farg‘ona! Ushbu sessiyada Erasmus+ dasturining tashkilotlar uchun imkoniyatlari, TEX4FUTURE loyihasi natijalari hamda CBHE loyihalari bo‘yicha eng yaxshi tajribalar taqdim etildi. Shuningdek, talabalar uchun ICM (International Credit Mobility) va EMJM (Erasmus Mundus Joint Masters) dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Spikerlar:

  • Prof. Baxodirjon Shermuxammadov – Farg‘ona davlat universiteti rektori

  • Mahmudjon Utkurov – Erasmus+ Milliy ofisi loyihalar menejeri

  • Prof. Jahongir G‘afurov – Innovatsion texnologiyalar universiteti prorektori

  • Ravshanbek Abdurahimov – Farg‘ona davlat texnika universiteti Xalqaro loyihalar va investitsiyalar bo‘limi boshlig‘i

  • Prof. Azizaxon Bazarbayeva – Farg‘ona davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori

Boshlanish vaqti: 09:30
Manzil: Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona
Format: oflayn
Sessiya tili: o‘zbek va ingliz

Kun davomida muhokama qilinadigan mavzular:

  • Tashkilotlar uchun Erasmus+ imkoniyatlari va networking sessiyasi

  • TEX4FUTURE loyihasi taqdimoti va muhokamasi

  • Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Farg‘ona davlat universiteti misolida Erasmus+ CBHE loyihalaridagi eng yaxshi tajribalar

  • Erasmus+ dasturining individual imkoniyatlari

Erasmus+ haqida ko‘proq bilmoqchimisiz? Ushbu haftalik tadbirlarda ishtirok eting.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz