Yangiliklar
Erasmus+ Days 2025 – 2-kun
Erasmus+ Days 2025 – 2-kun
#ErasmusDays haqidagi ma'lumotlarimiz davom etadi!
2-kun – 14-oktabr, 2025
Oflayn sessiyalar:
-
Erasmus+ axborot sessiyasi va CBHE loyihalari bo‘yicha eng yaxshi tajribalar
Tadbir davomida Erasmus+ dasturi imkoniyatlari, CBHE loyihalari natijalari va yangi chaqiriqlar muhokama qilinadi.
Manzil: Innovatsion texnologiyalar universiteti, Nukus -
Erasmus+ stendi MatchED EXPO ko‘rgazmasida
Ko‘rgazma davomida tashrif buyuruvchilar Erasmus+ dasturi bo‘yicha broshyuralar, maslahatlar va loyihalar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishadi.
Manzil: Azimut Hotel, Toshkent
Onlayn sessiya:
“Building Food Science Future in Uzbekistan: ECAMPUZ Impact and Conference Info Session” mavzusida oziq-ovqat fanlari sohasida Erasmus+ ECAMPUZ loyihasining ta’siri va yangi konferensiya imkoniyatlari haqida ma’lumot beriladi.
Boshlanish vaqti: 09:30
Format: oflayn va onlayn
Sessiya tili: o‘zbek va ingliz
Erasmus+ haqida ko‘proq bilmoqchimisiz? Ushbu haftalik tadbirlarda ishtirok eting!
Eslatma: faqat ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilargagina rasmiy taklif xati, kun tartibi va onlayn tadbirlar uchun havola taqdim etiladi.