Yangiliklar
Erasmus+ I2-PLEDGE Project Promotion Session

Milliy Erasmus+ Ofisi nomidan sizni Erasmus+ I2-PLEDGE loyihasi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan onlayn taqdimot sessiyasiga taklif qilamiz!
Ushbu sessiyada loyiha faoliyati, erishilgan yutuqlar, duch kelinayotgan muammolar hamda ishtirokchilarning tajribalari taqdim etiladi. Tadbir davomida Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalarining imkoniyatlari va I2-PLEDGE loyihasining O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga qo‘shayotgan hissasi haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Sana: 4-sentabr 2025-yil
Vaqt: 14:00
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/XZCFCYyocn8Zwq426
Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish muddati – 2-sentabr, soat 16:00 gacha. Zoom havolasi faqat ro‘yxatdan o‘tganlarga yuboriladi.
Loyiha haqida batafsil: https://i2pledge.uz/