Yangiliklar
Call for Papers: International Credit Mobility Journal №9, 2025
71

Erasmus+ xalqaro almashinuv tajribangizni bo‘lishish va ilmiy izlanishlaringizni kengroq auditoriyaga taqdim etish vaqti keldi! Ushbu to‘plam xalqaro mobillik orqali olingan bilim va tajribalarni bo‘lishish, O‘zbekistonda ta’lim jarayonini va ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirishni maqsad qilgan.
Agar siz:
- 1 yoki 2 semestr Yevropa universitetida tahsil olgan talaba bo‘lsangiz;
- Erasmus+ orqali amaliyot o‘tab qaytgan bo‘lsangiz;
- Yevropada malaka oshirgan professor, o‘qituvchi yoki OTM xodimi bo‘lsangiz;
- Yevropa universitetlarida dars bergan bo‘lsangiz;
- O‘zbekistonda mobillik tajribasini o‘tkazgan yevropalik hamkor bo‘lsangiz, sizning maqolangizni “International Credit Mobility” ilmiy to‘plamining 9-soni uchun kutib qolamiz!
Maqolalarni topshirish muddati: 20-oktabr, 2025
Yuborish uchun elektron pochta: neo@erasmusplus.uz
Sizning hikoyangiz — kelajakdagi ishtirokchilar uchun ilhom manbai bo‘lishi mumkin!