Yangiliklar
Erasmus Mundus Qo‘shma Magistratura (EMJM) bo‘yicha ochiq muloqot!

Chet elda to‘liq grant asosida magistratura bosqichida o‘qishni xohlaysizmi? Unda Erasmus Mundus Qo‘shma Magistr Dasturlari (EMJM) bo‘yicha navbatdagi sessiyani o‘tkazib yubormang!
Sana: 13-may, 2025
Vaqt: 12:00
Manzil: Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar Universiteti (UDAE)
Sessiya tili: O‘zbek tili
Ushbu sessiyada siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:
-
EMJM dasturlariga ariza topshirish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot
-
Tanlovda muvaffaqiyat qozonish bo‘yicha foydali maslahatlar
-
Mutaxassislardan javob va tavsiyalar
-
Yevropada grant asosida ta’lim olish imkoniyatlari haqida ma’lumot
Spiker: Makhmudjon Utkurov – Oʻzbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi Loyiha Menejeri
Agarda siz:
-
Hozir ariza topshirmoqchi bo‘lgan 4-bosqich talabasi bo‘lsangiz yoki
-
Keyingi yilga tayyorgarlik ko‘rayotgan 3-bosqich talabasi bo‘lsangiz, bu tadbir aynan siz uchun!
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/rts9pUcnhF6imqop8
So‘nggi muddat: 11-may, 18:00 gacha
Eslatma: faqat ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilargagina rasmiy taklif xati va kun tartibi taqdim etiladi.