Yangiliklar
Erasmus+ TAM Seminari: Barqaror Taraqqiyot uchun Uzluksiz Ta’lim

Sana: 2025-yil 15–16-may
Format: Onlayn
Sizni “Uzluksiz ta’lim barqaror rivojlanishning kaliti sifatida: global muammolarning texnik yechimlari” mavzusidagi navbatdagi TAM seminarida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Asosiy mavzular:
-
Uzluksiz ta’lim va Barqaror taraqqiyot maqsadlari
-
Ta’limdagi texnik innovatsiyalar
-
Uzluksiz ta’limdagi muammolar va to‘siqlar
-
Ta’sirni baholash va samarali dasturlarni loyihalash
-
Kelajakdagi yo‘nalishlar va harakatlar rejasi
Taklif etilgan xalqaro ekspert:
-
Professor Kirsi Popova, Tampere Amaliy fanlar universiteti (Finlandiya)
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 10-may
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/iYECaumrG96ka3pQ6
Ushbu seminar siz uchun uzluksiz ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishish, xalqaro va milliy ekspertlar bilan muloqot qilish, hamda ta’limning kelajagini shakllantirishga o‘z hissangizni qo‘shish imkoniyatidir. Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!