Yangiliklar
Qozog‘istonda TAM seminari: Inklyuziv oliy ta’lim haqida suhbatlashamiz!

Inklyuziv oliy ta’lim amaliyotda nimani anglatadi? Qanday qilib Qozog‘istonda va undan tashqarida hech bir talaba e’tibordan chetda qolmasligiga erisha olamiz?
“Inklyuziv oliy ta’lim modeli” mavzusidagi Texnik yordam missiyasi (TAM) seminarida aynan shu savollar atrofida fikr yuritamiz. Seminar davomida tenglik, ta’limga kirish imkoniyati, talabalar farovonligi va qo‘llab-quvvatlash tizimlari bo‘yicha muhim masalalar ko‘tariladi.
Manzil: Astana IT Universiteti
Sana: 12-13-iyun kunlari
Tillar: qozoq, rus, ingliz
Format: oflayn
Kimlar ishtirok etadi?
-
Milliy va xalqaro siyosat bo‘yicha ekspertlar
-
Qozog‘iston OTMlari vakillari
-
Yevropa Oliy Ta’lim Makoni (EHEA) ekspertlari (Xorvatiyadan)
-
Va albatta — oliy ta’limdagi o‘zgarishlarga hissa qo‘shayotgan siz!
Nega qatnashish kerak?
Chunki bu safar faqat nazariyani emas, balki real amaliyot va yechimlarni muhokama qilinadi. Fikr almashilinadi, tajribalar bilan o‘rtoqlashilinadi va Qozog‘iston uchun inklyuziv va teng huquqli oliy ta’lim tizimini shakllantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini birgalikda ishlab chiqiladi.
Tashkilotchilar:
-
Qozog‘iston HEREs jamoasi
-
Qozog‘istondagi Erasmus+ Milliy ofisi
-
Qozog‘iston Fan va Oliy ta’lim vazirligi