Yangiliklar
GREENDT: Atrof-muhit muhandisligi orqali yashil kelajak quramiz!

Erasmus+ GREENDT (Green Deal Transition) loyihasi (01.12.2024 – 30.11.2027)
O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha 5 ta magistratura dasturini joriy qilish orqali barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Yevropa tajribasi asosida zamonaviy ta’lim, tadbirkorlik ko‘nikmalari va ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.
Asosiy maqsadlar:
-
Yevropa tajribasini O‘zbekiston OTMlariga tatbiq etish
-
5 ta atrof-muhit muhandisligi magistratura dasturi va laboratoriyalar tashkil etish
-
Tadbirkorlik va yashil ko‘nikmalarni rivojlantirish
-
E-learning platformasini yaratish
-
Yashil o‘zgarishlarga ko‘maklashish (Green Deal)
O‘zbekistondagi hamkor universitetlar:
-
Andijon davlat texnika instituti
-
Markaziy Osiyo Atrof-Muhit va Iqlim O‘zgarishlarini O‘rganish Universiteti
-
Farg‘ona politexnika instituti
-
Jizzax politexnika instituti
-
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
EU granti: €756 251,61
Loyihaning rasmiy vebsayti: https://greendt-project.eu/