Yangiliklar
Erasmus+ Haftaligi 2025 doirasidagi tadbirga mezbonlik qilish imkoniyati!

Hurmatli oliy ta’lim muassasalari,
O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi 2025-yil 5-9-may kunlari bo‘lib o‘tadigan Erasmus+ Haftaligi tadbirlariga mezbonlik qilish uchun arizalar qabul qilinishini e’lon qiladi!
Sizning universitetingiz Erasmus+ Haftaligidagi tadbirga mezbon bo‘lishini istaysizmi? Bunday ajoyib imkoniyat orqali siz:
-
Erasmus+ dasturlarining talabalar, o‘qituvchilar va ma’muriy xodimlar uchun imkoniyatlari bilan tanishish
-
Universitet a’zolarining Erasmus+ tadbirlarida ishtirok etishi
-
Erasmus+ kanallari orqali universitetingizni targ‘ib qilish
-
Erasmus+ HEREs guruhi va loyihalar koordinatori bilan hamkorlik qilish
Muhim ma’lumotlar:
-
Har bir oliy ta’lim muassasasi Erasmus+ haftaligi doirasida faqat bitta tadbirga mezbonlik qilishi mumkin.
-
Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 10-aprel, 18:00 gacha
-
Ariza topshirish uchun: Havola
Universitetingizni xalqaro ta’lim markaziga aylantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!