Yangiliklar
Erasmus+ bitiruvchilari uchun OCEANS Network bilan imkoniyatlarni kashf qiling!

Siz Erasmus+ bitiruvchisi bo‘lib, xalqaro hamjamiyat bilan aloqada bo‘lishni, kasbiy rivojlanishni va eksklyuziv imkoniyatlarga ega bo‘lishni xohlaysizmi? Erasmus+ Student and Alumni Alliance (ESAA) tashkilotlari Erasmus+ doirasida mobillik dasturlarida qatnashgan shaxslar uchun dunyo bo'ylab hamfikrlar hamjamiyatiga kirish eshigi hisoblanadi!
O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi va OCEANS Network hamkorlikda joriy yilning 4-aprel kuni OCEANS Network va boshqa bitiruvchilar tashkilotlari sizning karyerangiz, aloqalaringiz va yetakchilik ko‘nikmalaringizni rivojlantirishda qanday yordam berishi mumkinligini aniqlash uchun maxsus onlayn uchrashuvni tashkil etmoqda.
Tadbir tafsilotlari:
Tadbir sanasi va vaqti: 4-aprel, 2025 | 16:00 (Toshkent vaqti bilan)
Tadbir tili: Ingliz tili
Ro‘yxatdan o‘tishga oxirgi muddat: 31-mart, 2025 | 17:00
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/f6s5pYt14SWWuGtW9
Nima uchun bizga qo‘shilishingiz kerak?
- Erasmus+ Student and Alumni Alliance (ESAA) tashkilotlari haqida ko‘proq ma’lumot oling: Erasmus Mundus Students and Alumni Association (EMA), Erasmus Student Network (ESN), garagErasmus (gE) va OCEANS Network.
- Jamoaga qo‘shilish va uning tadbirlarida ishtirok etish haqida ko'proq ma’lumotga ega bo'ling.
- Karyera qurish dasturlari - moliyalashtirish, yetakchilik tashabbuslari va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kashf eting.
- Netvorkingni kuchaytiring - turli kelib chiqish va mintaqalardan bo‘lgan Erasmus+ bitiruvchilari, ekspertlar va yetakchi mutaxassislar bilan tanishing.
- Xalqaro anjumanlar, treninglar va netvorking uchrashuvlarida qanday qatnashish mumkinligini bilib oling.
Kimlar qo‘shilishi mumkin?
Ushbu sessiya Erasmus+ loyihalarida ishtirok etgan barcha Erasmus+ bitiruvchilari uchun ochiq. Agar siz kasbiy mahoratingizni oshirishni xohlasangiz, ta’sirli loyihalarda hamkorlik qilishni istasangiz yoki Erasmus+ hamjamiyati bilan aloqada qolmoqchi bo‘lsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Eslatma: Zoom havolasi faqat ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga yuboriladi.