Yangiliklar
Erasmus+ Student and Alumni Alliance (ESAA): Global Erasmus+ hamjamiyati!
21

Bilasizmi, Erasmus+ talabalar va bitiruvchilari uchun ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro tarmoq mavjud? Erasmus+ Talabalar va Bitiruvchilar Alyansi (ESAA) – bu to‘rtta tashkilotni birlashtirgan platforma bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab o‘rganish, aloqalar yaratish va kasbiy rivojlanish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Agar siz Erasmus+ dasturida qatnashayotgan yoki bitiruvchi bo‘lsangiz, ESAA sizga qimmatli manbalar, moliyalashtirish va tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlarini taqdim etadi.
ESAA tarkibidagi tashkilotlar:
- Erasmus Mundus Students and Alumni Association (EMA) – Erasmus Mundus Qo‘shma Magistratura (EMJM) dasturi talabalari va bitiruvchilari uchun mentorlik, aloqalar yaratish va huquqiy himoya bilan shug‘ullanadi. Agar siz Erasmus Mundus talabasi yoki bitiruvchisi bo‘lsangiz, EMA – sizga kerakli tarmoq!
- Erasmus Student Network (ESN) – Yevropadagi eng yirik talabalar tashkilotlaridan biri bo‘lib, almashinuv dasturi ishtirokchilariga yangi muhitga moslashishda yordam beradi. Agar siz Yevropada Xalqaro Kredit Mobilligi (ICM) yoki boshqa Erasmus+ almashinuv dasturi orqali o‘qigan bo‘lsangiz, ESN aynan siz uchun!
- garagErasmus (gE) – Erasmus+ bitiruvchilari uchun ishga joylashish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Yosh mutaxassislarni ish beruvchilar bilan bog‘laydi, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi va kasbiy o‘sish uchun resurslar bilan ta’minlaydi.
- OCEANS Network – Erasmus+ dasturida ishtirok etgan Yevropadan tashqaridagi davlatlar bitiruvchilari uchun maxsus tarmoq bo‘lib, xalqaro aloqalar, yetakchilik va alumni faolligini rivojlantirishga qaratilgan. Agar siz Erasmus+ dasturida ishtirok etgan bo‘lsangiz va Yevropadan tashqarida yashasangiz, bu tarmoq siz uchun!
Nima uchun ESAAga qo‘shilish kerak?
- Moliyalashtirish va grantlar – ESAA bitiruvchilar tomonidan boshqariladigan loyihalar, treninglar va ijtimoiy tashabbuslar uchun moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi.
- Aloqalaringizni kengaytiring – Dunyo bo‘ylab Erasmus+ talabalar, bitiruvchilar va mutaxassislar bilan bog‘laning.
- Global tadbirlarda ishtirok eting – Konferensiyalar, yetakchilik dasturlari va seminarlarga qatnashing.
- Karyerangizni rivojlantiring – Maxsus ish takliflari, mentorlik va kasbiy rivojlanish resurslariga ega bo‘ling.
Batafsil ma’lumot va qo‘shilish uchun: https://www.esaa-eu.org/