Yangiliklar
Erasmus+ dasturi bo‘yicha savollaringiz bormi? Ovozli chatga qo‘shiling!
19

Erasmus+ imkoniyatlari haqida savollaringiz ko‘pmi? Ochik eshiklar kunida qatnashishga ulgurmadingizmi? Xavotir olmang, bizda yechim bor! Telegram kanalimizda ovozli chat o‘tkazamiz. Talaba bo‘lsangiz ham, muassasa xodimi bo‘lsangiz ham, barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin!
Tafsilotlar:
Sana: 13-mart, payshanba
Vaqt: 14:00 – 15:00
Manzil: Telegram kanali
Yana bir yangilik!
Aynan shu kuni sizga qulaylik yaratish maqsadida kanalimizning kommentariyalar bo‘limini ochamiz! Endi har kim o‘z savollarini yozib qoldirishi va muhokamalarda qatnashishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish shart emas – shunchaki audio chatga qo‘shiling, tinglang va savollaringizga javob oling! Bu Erasmus+ haqida bilimingizni oshirish va barcha savollarga javob topish uchun ajoyib imkoniyat!