Yangiliklar
Yevropa va Markaziy Osiyo universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim konferensiya!

Sana: 2025-yil 23-24-aprel
Manzil: Park Hotel, Bishkek, Qirg‘iziston
Yangi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shma akademik dasturlarni ishlab chiqish, xalqaro tadqiqotlarni rivojlantirish va Erasmus+ dasturi doirasida almashinuvlarni kengaytirish haqida o‘ylayapsizmi? Unda bu konferensiya siz uchun!
Tadbirda Markaziy Osiyo va Yevropadan 50 dan ortiq ishtirokchi - universitet professorlari, tadqiqotchilar, ta’lim siyosati mutaxassislari hamda xalqaro ta’lim va tadqiqot muassasalari vakillari qatnashadi.
Kimlar ishtirok etadi?
- Markaziy Osiyo va Yevropadan universitet vakillari, olimlar va ta’lim mutaxassislari
- Erasmus+ milliy ofislari va ta’lim siyosati bo‘yicha mutaxassislar
- Tadqiqot muassasalari vakillari
Asosiy mavzular:
- Xalqaro hamkorlik va universitetlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish
- Qo‘shma akademik dasturlar va kreditlarning tan olinishi
- Erasmus+ imkoniyatlaridan samarali foydalanish
- Talabalar va professor-o‘qituvchilarning xalqaro harakatchanligi
- Ta’lim va tadqiqotlarda barqarorlik va ekologik bilimlarni kengaytirish
Bu konferensiya universitetlararo hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘yish va kelajak uchun mustahkam akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatidir!
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati: 4-aprel, 2025
Shu yerda ro‘yxatdan o‘ting: Google Form
Qo‘shimcha savollar bo‘lsa, neokyrgyzstan@gmail.com manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
Raymiy veb sayt: https://erasmusplus.kg/