2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ Ochiq eshiklar kuni: Oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv

42
Erasmus+ Ochiq eshiklar kuni: Oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv

Bugun oliy ta’lim muassasalari vakillari uchun Erasmus+ Ochiq eshiklari kuni bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Erasmus+ dasturi doirasidagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar:

  • Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) – Universitetlar uchun rivojlanish loyihalari
  • Xalqaro kredit mobilligi (ICM) – Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi
  • Erasmus Mundus (EMJM & EMDM) – To‘liq grant asosidagi magistratura dasturlari va loyihalar
  • Jean Monnet yo‘nalishi – Yevropa Ittifoqi tadqiqotlari va o‘qitish bo‘yicha tashabbuslar

Uchrashuv davomida ishtirokchilar moliyalashtirish imkoniyatlari, loyihalarga ariza topshirish jarayonlari va Erasmus+ dasturidagi yangiliklar haqida to‘liq ma’lumot oldilar. Shuningdek, universitetlar uchun ochiq savol-javob qismi bo‘lib, ularning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Yangidan yangi imkoniyatlar va bo‘lajak tadbirlar haqida qiziqsangiz, bizning yangiliklarni kuzatib boring!

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz