2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ CBHE 2025 granti g‘oliblarining uchrashuvi

64
Erasmus+ CBHE 2025 granti g‘oliblarining uchrashuvi

2025-yil 29-30-yanvar kunlari Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish dasturi (CBHE) 2025 granti g‘oliblarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvlarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan 5 ta loyihaning vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida dasturga kirmagan uchinchi mamlakatlar, ularning oliy ta’lim muassasalari va tizimlariga foyda keltirishga yo‘naltirilgan CBHE loyihalarining faoliyati va natijalari ko‘rib chiqildi hamda ularning amalga oshirish bosqichi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbirning maqsadi mintaqaviy yondashuv, asosiy ustuvor yo‘nalishlar hamda siyosiy va amaliy masalalarni muhokama qilishdan iborat edi.

Sessiyalar davomida taqdim etilgan materiallar veb-platformada mavjud.

Qayta ko‘rish uchun havola:
https://grantholdersmeeting-cbhe2025.woogie.tech/en/programme

 Qayta ko‘rish uchun sahifadagi "Watch the replay" tugmasini bosib, videoni tomosha qilishingiz mumkin.

Taqdimotlarga kirish: O‘zingizni qiziqtirgan sessiyani tanlang, tegishli taqdimotni sessiya sahifasining o‘ng tomonida topasiz.

Barcha zarur tushuntirishlar 2025-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan 2024-yilgi CBHE loyihalari uchun onlayn Grantholders uchrashuvi platformasida mavjud:
https://grantholdersmeeting-cbhe2025.woogie.tech/en/Resources

Mahalliy koordinatorlar uchun qo'llanmalar: https://erasmus.uz/en/page/57-reference-materials-guidelines-for-local-coordinators

 

 

 

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz