2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

NEO-ENFP-ICP Meeting 2025 | Brusel, Belgiya

18
NEO-ENFP-ICP Meeting 2025 | Brusel, Belgiya

2025-yil 4-6-fevral kunlari O‘zbekiston Milliy Erasmus+ Ofisi vakillari Bruselda bo‘lib o‘tgan NEO-ENFP-ICP yig‘ilishida ishtirok etishdi. Ushbu tadbir 140 dan ortiq mamlakatdan 140 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi!

Tadbir davomida 20 dan ortiq Milliy Erasmus+ Ofislari (NEO) Erasmus+ dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha tajriba, fikr va ilg‘or amaliyotlarni almashish uchun platforma yaratishdi. Muhokamalar oliy ta'lim sohasidagi hamkorlik, loyiha boshqaruvi va xalqaro sherikliklarni mustahkamlash bo‘yicha kelgusidagi takomillashtirish masalalariga qaratildi.

Muhim yo‘nalishlar:

  • Xalqaro o‘lchovga e’tibor – Erasmus+ chaqiruvlarini targ‘ib qilish va loyihalar natijasini namoyish qilish.
  • Yangi ICA Ishchi Guruhining (WG) ustuvor yo‘nalishlari – Kelgusi hamkorlikni muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar.
  • Xalqaro Kredit Mobilligi (ICM) yangiliklari – Yangi tashabbuslar muhokamasi.
  • Xalqaro mobillikning kelajagi – Global hamkorlikni kuchaytirish strategiyalarini o‘rganish.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz