Yangiliklar
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universitetida Erasmus+ axborot va targ‘ibot sessiyasi

O‘zbekiston Milliy Erasmus+ ofisi va Oliy Ta’limni Isloh qilish bo‘yicha Milliy Ekspertlar Guruhi (HEREs) nomidan sizni Navoi konchilik va texnologiyalar davlat universitetida bo‘lib o‘tadigan Erasmus+ axborot va targ‘ibot sessiyasi haqida xabardor qilishdan mamnunmiz. Ushbu sessiya kengroq auditoriyaga, xususan, Erasmus+ imkoniyatlari va Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalariga qiziqqan yangi oliy ta’lim muassasalari (HEIs) vakillariga mo‘ljallangan. Tadbir davomida CBHE loyihalarini boshqarish bo‘yicha qimmatli maslahatlar, fikr-mulohazalar va tavsiyalar beriladi.
Sizni ushbu seminarda ishtirok etishga taklif qilamiz, u 21-yanvar kuni soat 09:30 da Navoi Davlat konchilik va texnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tadi.
Ro‘yxatdan o‘tish shakli: https://forms.gle/ZiCnCwdEKv9gjyJR9
Qo‘shimcha ma’lumot va taklifnomalar elektron pochta orqali yuboriladi. Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 17-yanvar, soat 18:00 gacha.