2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Xalqaro Erasmus+ konferensiyasi «O‘zbekistonda oliy ta’lim rivojlanishining istiqbollari» natijalari

150
Xalqaro Erasmus+ konferensiyasi «O‘zbekistonda oliy ta’lim rivojlanishining istiqbollari»  natijalari

20-dekabr kuni Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida Tempus (1994-2014) va Erasmus+ (2014-2027) dasturlari doirasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda oliy ta’lim rivojlanishining istiqbollari” mavzusida Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar (HERE) konferensiyasi tashkil etildi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida o‘tkazilgan xalqaro anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Erasmus+ Milliy ofislari va hamda ularning HERE ekspertlari, Erasmus+ loyihasi koordinatorlari, Tempus loyihasi ishtirokchilari, Milliy tadqiqot universiteti rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir ochilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov yig‘ilgan mehmonlarni hamkorlikning 30 yilligi bilan qutlab, konferensiyaning ahamiyati haqida to‘xtaldi.

“Qayd etib o‘tishim kerak, Erasmus+ dasturi doirasida 2024-yil biz uchun juda ham sermazmun va unumli bo‘ldi. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ishtirokida Yevropa Ittifoqi tomonidan 5 ta oliy ta’limda salohiyatni oshirish loyihalari (CBHE) moliyalashtirish uchun tanlab olindi, jumladan, 2 ta milliy va 2 ta hududiy loyihalar g‘olib deb topildi. Ushbu loyihalarda ishtirok etayotgan  barcha oliy ta’lim muassasalarini chin ko‘ngildan tabriklayman.” – dedi vazir.


Tadbir ochilish so'zlarida Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchisi Toyvo Klaar Janobi Oliylari ham ishtirok etdi.

Shundan so‘ng, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalaridan kelgan nufuzli mehmonlar va mutaxassislar mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Konferensiya tajriba almashish, samarali metodikalar, yutuqlar, tendensiyalar va muammolar haqida fikr almashish orqali oliy ta’lim samaradorligini oshirishga qaratildi. Shuningdek, tadbir davomida oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar (HERE) ning 2024-yildagi faoliyatini umumlashtirish va mintaqaviy hamkorlikni rag‘batlantirish ham maqsad qilindi.

Konferensiya doirasida HERE va bir qator akademik nashriyotlar vakillari ko‘magida “Ilmiy axborot va nashriyot faoliyatiga kirish” an’anaviy ilmiy-ma’rifiy forumi bo‘lib o‘tdi. Anjuman dasturiga muvofiq “ERASMUS+ doirasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari”, “Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr etish faolligi,  xalqaro kredit mobilligi: ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishdagi roli” kabi sessiyalarda muhokamalar olib borildi.

Konferensiya davomida Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar ilmiy-uslubiy jurnalining navbatdagi soni No16-2024 (2) "Oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari" taqdim etiladi.

 

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasining rasmiy veb sahifasi orqali ushbu tadbir ma’lumotlari keltirilgan.

2024-yildagi faoliyatga asoslangan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning Erasmus+ Oliy Ta’limni Isloh qilish bo‘yicha Ekspertlarining KONFERENSIYA BAYONOTI va TAVSIYALARI.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz