2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Yevropa Ittifoqi nashrlari: Bolqonning g‘arbiy qismida, Sharqiy va Janubiy qo‘shnichilik hamda Markaziy Osiyo mintaqalarida oliy ta’limni "yashillashtirish"

153
Yevropa Ittifoqi nashrlari: Bolqonning g‘arbiy qismida, Sharqiy va Janubiy qo‘shnichilik hamda Markaziy Osiyo mintaqalarida oliy ta’limni "yashillashtirish"

2007-yildan beri TEMPUS dasturi doirasida tashkil etilgan Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha ekspertlar guruhi (HERE) Erasmus+ dasturiga a'zo bo‘lmagan davlatlarda oliy ta'lim muassasalarining imkoniyatlarini mustahkamlashga yordam berib kelmoqda. Ular to‘rtta asosiy hududda faoliyat olib boradilar: G‘arbiy Bolqon (Albaniya, Bosniya-Gertsegovina, Kosovo, Chernogoriya), Sharqiy qo‘shnichilik (Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova, Ukraina), Janubiy O‘rta yer dengizi (Jazoir, Misr, Isroil, Iordaniya, Livan, Marokash, Falastin, Tunis) va Markaziy Osiyo (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston). Ushbu davlatlardagi HERE guruhlari Milliy Erasmus ofisi (NEO) tomonidan tayinlanadi.

 

"HERE mamlakatlarida oliy ta’limni yashillash: Strategiyalar, qarashlar, chora-tadbirlar" nomli ushbu nashr tadqiqotlar va fokus-guruh suhbatlari asosida tayyorlangan bo‘lib, ushbu mintaqalarda oliy ta’lim tizimlari iqlim o‘zgarishining xavf-xatarlari oldida qanday choralar ko‘rayotganini tahlil qiladi. Bu nashr oliy ta’lim tizimlari tomonidan ekologik xavflarni kamaytirish va ularga moslashish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarni o‘rganadi.

 

O‘zbekiston Oliy ta'lim bo'yicha Ekspertlar Milliy guruhi(HEREs) a'zosi, Dr. Asiya Tureniyazovaning "Yashil tiklanish: Orolbo‘yi hududida o‘zgarish urug‘larini ekish" mavzusidagi tadqiqot ishini ta’kidlash lozim. Milliy Erasmus+ ofisi va O‘zbekiston HEREs guruhi nomidan doktor Tureniyazovani ushbu nashrga qo‘shgan ulkan hissasi bilan chin dildan tabriklaymiz.

 

Nashr bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting: Oliy ta'limni yashillash bo'yicha Yevropa Ittifoqi nashri (60-betga qarang).

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz