2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Ekspertlar bilan tanishing: Dr. Nozliya Normurodova – O‘zbekistondagi HEREs jamoasi a'zosi

45
Ekspertlar bilan tanishing: Dr. Nozliya Normurodova – O‘zbekistondagi HEREs jamoasi a'zosi

Sizni O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisining Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha ekspertlar (HEREs) jamoasi a’zosi Dr. Nozliya Normurodova bilan tanishtirishdan mamnunmiz.

Expertimiz haqida qisqacha ma'lumot:

  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilm-fan, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori
  • Erasmus+ doirasida sifat kafolati, ECTS, 3 bosqichli ta’lim tizimi, mobillik masalalari bo‘yicha ekspert

Akademik hissalari:
Dr. Normurodova oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha yetakchi tadqiqotchi bo‘lib, "OLIY TA'LIM TARAQQIYOTI ISTIQBOLLARI" ilmiy-uslubiy jurnalida bir necha bor maqolalari nashr etilgan:

  • “Empowering Education: Insights from the HERE’s Study Visit to Louvain”, 14-son (2023)
  • “Enhancing Access and Equity: The Role of Inclusive Internationalization in Global Higher Education”, 16-son (2024)
  • “Strengthening the Third Mission of Higher Education in Uzbekistan: Driving Social Transformation and Economic Innovation”, 16-son (2024)

Xalqaro aloqalar:
HERE jamoasi a’zosi sifatida Dr. Normurodova tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish maqsadida bir nechta xalqaro tadqiqot safarlarida ishtirok etgan, jumladan:

  • "Inklyuziv xalqarolashuv: ezgu niyatlardan o‘lchanadigan natijalargacha", Ghent, Belgiya, 2024-yil 3-4-oktabr
  • “Ta’sir uchun oliy ta’lim siyosati islohoti", Barselona universiteti, Barselona, Ispaniya – 2023 yil 4-5 dekabr.

Dr. Nozliya Normurodova O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini yangi ta’limiy paradigmalar va kompetensiyaga asoslangan yondashuvlar orqali modernizatsiya qilish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish hamda milliy oliy ta’limni global ta’lim makoniga inklyuziv integratsiya qilish jarayonlariga samarali hissa qo‘shib kelmoqda.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz