Yangiliklar
Bahorgi Erasmus+ haftaligi 13-18 may 2024
Milliy Erasmus+ Ofisi 13-18-may kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan bahorgi Erasmus+ haftaligini eʼlon qiladi.
Erasmus+ haftaligining maqsadlari quyidagilardan iborat:
- Erasmus+ taqdim etayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot tarqatish va O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari va Yevropa universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
- Yevropa Ittifoqining hamkor universitetlarida qisqa muddatli ta’lim dasturlari, shuningdek, doktorantura va magistratura uchun imkoniyatlar taqdim etish. Bundan tashqari, universitet professorlari uchun o'qitish va tadqiqot imkoniyatlari haqida ma'lumot berish.
- O'qish uchun arizalarni olish, tayyorlash va topshirish bo'yicha amaliy ko'rsatmalar berish.
- Yevropa kunini nishonlash uchun turli tadbirlarni o'tkazish.
Tadbirlar oflayn/onlayn rejimda o‘tkaziladi. Toshkent shahri va boshqa barcha hududlardagi ishtirokchilar qatnashishligi mumkin. Biz Erasmus+ haftaligida barcha oliy ta’lim muassasalari va talabalarni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.