2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

O‘ZBEKISTONNING 2 TA JEAN MONNET LOYIHASI MOLIYALASHTIRISH UCHUN TANLAB OLINDI!!

20
O‘ZBEKISTONNING 2 TA JEAN MONNET LOYIHASI MOLIYALASHTIRISH UCHUN TANLAB OLINDI!!

Mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, Erasmus+ Jean Monnet Actions (JMA) 2026 tanlovi natijalariga ko‘ra, O‘zbekistondan taqdim etilgan 2 ta loyiha moliyalashtirish uchun tanlab olindi!

G‘olib loyihalar:
Qoraqalpoq davlat universiteti — Jean Monnet Module
Toshkent Vestminster Xalqaro Universiteti (WIUT) — Jean Monnet Chair

O‘zbekiston statistikasi:
156 ta ariza topshirildi
2 ta loyiha moliyalashtirish uchun tanlandi
1 ta Jean Monnet Module
1 ta Jean Monnet Chair

2026-yilgi umumiy natijalar:
2 223 ta ariza qabul qilindi
327 ta loyiha moliyalashtirish uchun tavsiya etildi
Muvaffaqiyat darajasi — 15%
Tanlangan loyihalarning 147 tasi (45%) Erasmus+ dasturiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarda amalga oshiriladi.

Jean Monnet Actions Yevropa Ittifoqi tadqiqotlari bo‘yicha ta’lim va ilmiy tadqiqotlarda mukammallikni rivojlantirish, shuningdek, akademik hamjamiyat, siyosatchilar va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Qoraqalpoq davlat universiteti va Toshkent Vestminster Xalqaro Universiteti jamoalarini ushbu katta muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz!

Loyihalarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyat tilaymiz!

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz