2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

O‘ZBEKISTON HORIZON EUROPE’DA YANA BIR YUTUQ!

26
O‘ZBEKISTON HORIZON EUROPE’DA YANA BIR YUTUQ!

O‘zbekistondan Westminster International University in Tashkent (WIUT) Horizon Europe dasturi doirasidagi yangi Research and Innovation Action (RIA) loyihasi — GLOBAL-ACT konsorsiumida ishtirok etmoqda!

GLOBAL-ACT — “Integrated global assessment of climate risks and the socio-economic costs of climate inaction under institutional delay and geopolitical fragmentation” loyihasi iqlim o‘zgarishi oqibatlarini chuqurroq o‘rganish hamda iqlimga qarshi choralarni kechiktirishning ijtimoiy-iqtisodiy xarajatlarini baholashga qaratilgan.

Loyiha davomiyligi: 36 oy
Maksimal grant miqdori: €4,547,756.66
Konsorsium: 22 ta hamkor tashkilot
Baholash natijasi: 14.50/15

GLOBAL-ACT iqlim xavflari va iqtisodiy jarayonlarni birgalikda tahlil qiluvchi yangi avlod integratsiyalashgan vositalarini ishlab chiqadi. Loyiha orqali iqlimga qarshi harakatsizlikning bevosita va bilvosita iqtisodiy xarajatlari, ijtimoiy tengsizlik, moslashuv imkoniyatlari va turli hududlardagi xavflar chuqur tahlil qilinadi.

Loyihaning yana bir muhim jihati — uning global qamrovi. Konsorsium Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya va Amerika qit’alaridagi tashkilotlarni birlashtiradi. O‘zbekistonning ushbu xalqaro ilmiy hamkorlikda ishtirok etishi mamlakatimiz oliy ta’lim va tadqiqot muassasalarining Horizon Europe doirasidagi xalqaro ilmiy salohiyatini yanada namoyon etadi.

WIUT jamoasini ushbu muhim xalqaro ilmiy tashabbusdagi ishtiroki bilan tabriklaymiz!

GLOBAL-ACT loyihasi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ilmiy asoslangan qarorlar, barqaror rivojlanish va kelajakdagi iqlim xatarlariga chidamlilikni kuchaytirishga munosib hissa qo‘shishiga tilakdoshmiz!

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz