2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Maqolalar qabuli: ОLIY TA'LIM TARAQQIYOTI ISTIQBOLLARI

3149
Maqolalar qabuli: ОLIY TA'LIM TARAQQIYOTI ISTIQBOLLARI

Jurnal konsepsiyasi va maqola talablari

(Mualliflarga ma'lumot)

 

ОLIY TA’LIM TARAQQIYOTI ISTIQBOLLARI

Ilmiy-uslubiy jurnal 

 

Jurnalning maqsadi: oliy ta’lim sohasidagi progressiv usullar, yutuqlar, tendensiyalar va muammolarni tahlil qilish va ma’lumot berish orqali oʻquv jarayonining samaradorligini oshirish.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bo’yicha ekspertlar Milliy guruhining

 

(Erasmus+ Higher Education Reform Experts-HEREs) Ilmiy - uslubiy jurnali

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy jurnallar roʻyxatiga kiritilgan.

 

 JURNAL RUBRIKALARI (MAVZULARI)

 

Oliy ta’lim tizimi oldidagi zamonaviy muammolar (islohotlar jarayonida, pandemiya davrida va boshqa nostandart sharoitlarda ta’limning rivojlanishi);

Oliy ta’limda kredit-modul tizimi (tushunchalar, kredit-modul tizimiga oʻtishda qoʻyiladigan talablar, kredit-modul tizimi sharoitida moliyaviy boshqaruv, oʻquv dasturlari, oʻqituvchilar va talabalarning harakatchanligi, xorijiy tajribani tahlil qilish, kredit-modul tizimining ijobiy va salbiy tomonlari, va boshqalar);

Oliy ta’lim muassasalarining avtonomiyasi (iqtisodiy, tashkiliy, texnik jihatlari, yetakchi davlatlar va Oʻzbekiston tajribasi, va boshqalar);

Oliy ta’limda innovatsion usul va vositalar (xorijiy mamlakatlar, Oʻzbekiston universitetlari tajribasi, oʻqitish va dars berishning ilgʻor usullari, oʻquv jarayonini tashkil etish va oliy oʻquv yurtlarini boshqarish, oliy ta’limni innovatsion rivojlantirish uchun AKTdan foydalanish, ta’lim platformalari);

Oliy ta’limda kasbiy malakani oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash (ilgʻor malaka oshirish dasturlari, tajribasi, usullari va vositalari);     

Erasmus+ dasturi (Oʻzbekiston Oliy ta’limida innovatsion usullarni qoʻllab - quvvatlashdagi dasturiy maqsadlar, Erasmus+ ning Oʻzbekiston va xorijda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar tajribalari, HEREs guruhi a’zolarining xalqaro seminarlarda qatnashish natijalari haqidagi hisobotlari, Bolonya jarayonining tamoyillarini Oʻzbekistonda joriy etish va boshqalar);

Oliy ta’limga sarmoya kiritish muammolari va istiqbollari (Oliy ta’limga sarmoya kiritish mezonlari, xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekiston universitetlari tajribasi, moliyaviy menejment, investitsiyalar samaradorligi, oliy oʻquv yurtlarida moddiy va inson resurslaridan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar).

 

 

MAQOLALARNI RASMIYLASHTIRISH TALABLARI

Jurnal Respublikada oliy ta’limni rivojlantirish borasida yetakchi xalqaro ilmiy jurnallar qatorida boʻlishga da’vogar hisoblanadi. Kelgusida uning nashriy davriyligi va tiraji oshirilishi va Scopus hamda Web of Science analitik tizimlari roʻyxatiga kiritilishi rejalashtirilgan.

O’z navbatida jurnal maqolalariga qoʻyiladigan talablar ilmiy maqolalarni rasmiylashtirish boʻyicha xalqaro standartlarga moslashtirilgan. Natijada maqolalarga taqriz olish va baholash yanada yuqori saviyada va xolisona boʻladi. Barcha mualliflardan nashrga formati va mazmuni jihatidan xalqaro standartlarga javob beradigan ilmiy maqolalarni taqdim etishlari soʻrab qolinadi.

 

1.      MAQOLA TUZILISHIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR.

Tuzilishiga koʻra, maqolalar jurnalning bir yoki bir nechta yoʻnalishlarini ochib berishi va asosiy mavzuga mos kelishi, boshqa nashrlarda chop etilmaganligi, tahliliy boʻlishi, ilmiy yangilik elementlarini oʻz ichiga olishi va oliy ta’limni rivojlantirish uchun foydali ma’lumotlarga ega boʻlishi kerak. Maqolalarni xalqaro talabilarga binoan rasmiylashtirish tavsiya etiladi - IMRaD (Introduction - Kirish, Methods - Usullar, Results - Natijalar, Discussion — Muhokama) http://science-insight.com/analitika/imrad

 

 2.      MAQOLALARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR:

Ilmiy ishning maqola matni tilidagi nomi

Muallifning to’liq ismi-sharifi

[Times new roman 14pt, quyuq shriftlarda, tekislanish - o’rtada, bosh harflar bilan]

 

Annotatsiya. Annotatsiya mustaqil matn bo'lishi kerak, bir paragrafda, asl tilda - 500-600 belgidan (taxminan 100 so'zdan) iborat bo'lishi kerak. Annotatsiyada muammoning qisqacha tavsifi va tadqiqotning yangiligi keltiriladi. Bu maqolaning qisqa ma'lumotli xulosasi bo’ladi. Annotatsiya quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak: tadqiqot maqsadi, ishning ko'rinishi, qo'llaniladigan asosiy usullar, tadqiqotning asosiy natijalarining qisqacha tavsifi. Annotatsiya sarlavhasida maxsus belgilar, yoki matematik belgilardan foydalanmang. Izoh shrifti Times New Roman, harf o'lchami 12 pt.

 

Annotatsiya butun tadqiqot mavzusiga emas, balki maqolaga, tadqiqotda qilingan ishlarga bag'ishlangan bo'ladi. Shuningdek asosiy mavzuning tavsifi, ob'ekt muammolari, maqsadlari, asosiy usullari, tadqiqot natijalari va asosiy xulosalarni o'z ichiga oladi. Annotatsiya bibliografiyalar formulalar, qisqartmalar, linklardan foydalanishga ruxsat bermaydi.

 

Kalit so'zlar: ingliz tilidagi kalit so'zlar yoki iboralar ro'yxati alifbo tartibida (6-7 so'z yoki ibora)

Diqqat!

Agar maqola oʻzbek yoki rus tillarida boʻlsa, annotatsiyani xuddi shu qoidalarga muvofiq ingliz tilida shakllantiriladi.

Agar maqola ingliz tilida yozilgan bo'lsa, boshqa tillarda annotatsiya talab qilinmaydi.

Maqolalar quyidagi elektron manzilda qabul qilinadi: heresbook@erasmusplus.uz

Maqolalarni topshirish muddati15 mart 2023 yil.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

Adabiyotlar roʻyxatiga qoʻyiladigan talablar

Adabiyotlar roʻyxati alifbo tartibida, uzluksiz raqamlash bilan keltiriladi. Roʻyxatdagi manbalar matndagi kvadrat qavs ichidagi havolalarda beriladi, masalan, [12]. Adabiyotlar roʻyxati kamida 10 ta manbadan iborat boʻlishi kerak. Maqolaning matnida roʻyxatning barcha pozitsiyalariga havola qilinishi kerak va aksincha - havola qilingan adabiyotlar roʻyxatida koʻrsatilishi kerak. Havolalar berilganda bibliografik tavsifning tegishli standartlariga rioya qilinadi (masalan, GOST 7.1-2003 va boshqalar).

 

3.       «MUALLIFLAR HAQIDA MA’LUMOT» (INGLIZ TILIDA)

·        Ismi-sharifi (toʻliq)

·        Lavozimi va ish joyi 

·        Shahar, mamlakat*;

·        Ilmiy unvon, ilmiy daraja

·        Tadqiqot sohasi (2 satrdan oshmasligi kerak)

·        Elektron pochta

 

 FORMATI VA HAJMI

·     Sahifalar soni – 10 dan 15 gacha, 1.0 intervalda

·     Shrifti Times New Roman, 14 

·     Maqolaning asl tilida va ingliz tilidagi annotatsiyasi

·     Kalit soʻzlar (5 dan 7 gacha soʻz yoki iboralar)

·     Sahifalar chegarasi: yuqori, past, chap, oʻngdan – 2,5 см 

·     Sahifalarni raqamlash pastki oʻng burchakda 

·     Maqola tili: o’zbek, rus, ingiliz tillarida

·     Maqola fayl formati: Microsoft word (*.docx)

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz