2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

ERASMUS+ ICM KONFERENSIYASI 2025 MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI!

24
ERASMUS+ ICM KONFERENSIYASI 2025 MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI!

3-dekabr kuni, Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi binosida Erasmus+ Xalqaro Kredit Mobilligi bo‘yicha yillik konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya davomida:

  • Oliy ta’limda Xalqaro Kredit Mobilligi (ICM) imkoniyatlari

  • Yevropa universitetlari bilan almashinuv loyihalarining natijalari

  • Talabalar va o‘qituvchilarning xalqaro tajribani oshirishdagi roli

  • Yangi ICM loyihalarini yaratish va samarali yuritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar

  • Erasmus+ doirasidagi eng yaxshi tajribalar va muvaffaqiyatlar kabi muhim mavzular muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun:
Xalqaro Kredit Mobilligi — O‘zbekiston talabalari, o‘qituvchilari va tadqiqotchilariga Yevropa universitetlarida o‘qish, dars berish yoki ilmiy tadqiqot o‘tkazish imkonini beradigan almashinuv dasturidir. Bu orqali:

  • yangi metodlar va ilmiy yondashuvlar o‘rganiladi

  • xalqaro akademik tarmoq yaratiladi

  • o‘qituvchilar malakasini oshiradi

  • Yevropa tajribasi O‘zbekiston OTMlariga qaytib keladi

Shuningdek, Xalqaro Kredit Mobilligi Jurnalining 9-soni ham chop etilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu son Erasmus+ ICM yo‘nalishidagi ilmiy maqolalar, amaliy tajribalar va tahlillarni o‘z ichiga oladi hamda konferensiya materiallarini yanada boyituvchi muhim nashr bo‘lib xizmat qiladi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz