Yangiliklar
Oliy Ta'limni isloh qilish jamoasining Yillik Xalqaro Konferensiyasi va Ilmiy-Ta’lim Forumi Muvaffaqiyatli Yakunlandi!
27–28-noyabr kunlari SARBON Universitetida Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha Erasmus+ yillik xalqaro konferensiyasi hamda “Ilmiy axborot va nashriyot faoliyati” bo‘yicha 9-forum bo‘lib o‘tdi.
1. "OLIY TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI" O‘zbekistonda Erasmus+ oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar milliy jamoasining an’anaviy yillik konferensiyasi (27-Noyabr)
Konferensiya tajriba almashish, samarali metodikalar, yutuqlar, tendensiyalar va muammolar haqida fikr almashish orqali oliy ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, tadbir davomida oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar (HERE) ning 2025-yildagi faoliyatini umumlashtirish va mintaqaviy hamkorlikni rag‘batlantirish maqsad qilindi.

Konferensiya doirasida HERE va bir qator akademik nashriyotlar vakillari ko‘magida "Ilmiy axborot va nashriyot faoliyatiga kirish" an’anaviy ilmiy-ma’rifiy forumi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar:
• Yalpi majlis: OTFIV vakillari, OTMlar rahbarlari (rektorlar va prorektorlar darajasi), O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, akademik kutubxonalar, Erasmus+ Milliy ofislari va Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridan HEREs jamoalari
• Paralel tadbirlari: loyiha koordinatorlari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, talabalar, oliy ta’lim salohiyatini oshirish bo‘yicha Yevropa va mahalliy loyiha koordinatorlari (Capacity Building in Higher Education - CBHE projects), Erasmus+ loyihalarida ishtirok etish tajribasiga ega bo‘lmagan OTM vakillari (HEIs - newcomers), shuningdek, axborot-kutubxona faoliyatining yetakchi mutaxassislari.
Konferensiya va Forumni maqsadi: tajriba almashish, ilg‘or usullar, jahon ilmiy-ta’lim manbalari, tendensiyalar va muammolar to‘g‘risida tahlil qilish va xabardor qilish asosida oliy ta’limni rivojlantirish samaradorligini oshirish, shuningdek, nashr faoliyati va ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish.

Asosiy konferensiya mavzulari:
• Oliy ta’limni raqamlashtirish. masofaviy ta’lim va ilmiy-ta’limiy axborotlardan foydalanishning ilg‘or usullari va vositalari;
• Yevropa Ittifoqi, Markaziy Osiyo respublikalari va O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining oliy ta’limda innovatsion usullarni joriy etish bo‘yicha tajribasi;
• OTM bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha dolzarb vazifalar va yechimlar;
• O‘zbekiston va O‘rta Osiyoning boshqa respublikalarida Erasmus+ dasturi va loyihalari. Ilg‘or tajriba, yutuqlar va muammolarni tahlil qilish;
• Erasmus+ xalqaro kredit mobilligi davrida olingan bilimlar, tajriba almashish hamda ta’lim natijalari va ilmiy ishlanmalarni O‘zbekistonda joriy etish
• O‘zbekistonda Bolonya jarayonining rivojlanishi. Oliy ta’limda innovatsion yondashuvlarga ta’siri; ikki tomonlama mobillikni tashkil etishda Bolonya jarayoni tamoyillarini ilgari surish va oliy ta’lim tizimini xalqarolashtirish jarayonini kuchaytirish.
Konferensiya va Forumda ishtirok etish uchun Qirg'iziston va Tajikistondagi Oliy ta'lim muassasa vakillari va O'zbekistondagi turli hududdan kelgan vakillar qatnashishdi
Bundan tashqari Erasmus+ International Credit Mobility (ICM) ishtirokchilarni qo'llab quvvatlovchi OCEANs Network rahbari Leila Benabdallah ham talabalar uchun Erasmus+ Mobillik dasturi imkoniyatlari bo'yicha bilimlarni ulashdi.
"Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi OTMlari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari Erasmus+ 2026 yilgi qo‘shma loyihalari— rejalar va imkoniyatlar " davra suhbatida Markaziy Osiyo mamlakatlarining Oliy ta’lim sohasi vakillari tomonidan o’zaro muloqot tashkil etildi.

2. Ilmiy axborot va nashriyot faoliyati forumi (28-Noyabr)
Forum 2016 yildan buyon O'zbekiston milliy kutubxonasi tashabbusi bilan vazirlik va ElinePress kompaniyasi ko'magida o'tkazilmoqda. Ochilish marosimida O'zbekiston milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva qatnashadi. U respublika kutubxonalari va oliy o'quv yurtlarining elektron ilmiy-ta'lim resurslariga kirishini rivojlantirish tashabbuskori hisoblanadi.
Forumda EDSCO, Wiley, Oxford Universiteti Press kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari va nashriyotlari koordinatorlari ishtirok etdi.

Wiley 1807 yilda tashkil etilgan eng yirik akademik nashriyotdir. Kompaniya bosma va elektron nashrlarda nashr etishga va ko'p tarmoqli tarkibga ega ma'lumotlar bazalarini yaratishga ixtisoslashgan. Nashriyotning barcha to'liq matnli resurslari Wiley Online Library platformasida taqdim etilgan.
Oxford Universitety Press Oxford universitetining 1478 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo'limi. Kitoblar, ma'lumotnomalar va 375 ta keng mavzuga oid nufuzli jurnallarni nashr etadi. Jurnallarning ishonchliligi Journal Citation Reports (WOS) da ta'sir omillarining yuqori qiymatlari bilan tasdiqlanadi.
Эко-Вектор Rossiya kompaniyalar guruhi, uning asosiy faoliyat yo'nalishlari ilmiy davriy nashrlar va kitoblar nashr etish, ilmiy jurnallarni xalqaro axborot-tahliliy ma'lumotlar bazalariga targ'ib qilish, SciCraft ilmiy tadbirlari va olimlar uchun axborot-maslahat treninglari, kurslar va vebinarlarni o'zlarining onlayn akademiyalari asosida o'tkazishdir.
Пульс Науки kompaniyasining asosiy faoliyati ilmmetriya, talabalar, aspirantlar, o'qituvchilar va ilmiy xodimlar uchun foydali xizmatlarni taqdim etishdir.
Лань Rossiyaning yetakchi nashriyotlaridan biri. Uning tarkibida matematika, fizika, muhandislik-texnika fanlari, kimyo, veterinariya va zootexnika, qishloq xo'jaligi, o'rmon xo'jaligi va o'rmon injiniringi, tibbiyot, iqtisodiyot, gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari yo'nalishlari bo'yicha sakkizta ixtisoslashtirilgan tahririyat mavjud.

Forum samaradorligi:
Vazirliklar, idoralar, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlar rahbarlari innovatsion va ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot markazlari reytingini Respublika Prezidenti va Hukumati qarorlarida hamda O‘zbekiston va xalqaro standartlarida belgilangan talablardan kelib chiqqan holda yaxshilashni o‘rgandilar.
O‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar – dunyoning yetakchi nashriyotlaridan (IEEE, Wiley, Oxford University Press va boshq.) yangi elektron ilmiy va ta’lim resurslari va ilmiy maqolalarni nufuzli jurnallarda chop etish, shuningdek, yuqori darajada dissertatsiyalar tayyorlash haqida bilib olishdi.
Noshirlar va axborot-kutubxona muassasalari (AKM) xodimlari - elektron resurslarning xilma-xilligi haqida va ularni boshqarish, ilmmetrik vositalar va ulardan foydalanishda AKMlarning roli haqida, foydalanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash va oʻqitishni tashkil etish, ilmiy va taʼlim muassasalariga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishning yangi uslub va vositalarini, shuningdek, ilmiy axborotni saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqish haqida bilib olishdi.

