2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Yevropa ittifoqi delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

618
Yevropa ittifoqi delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adriaen boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch davlat universitetida bo‘ldi. Hurmatli mehmonlar universitet rahbariyati tomonidan iliq kutib olindi.

 

Uchrashuv Elchi Sharlotta Adriaen boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari: hamkorlik boʻlimi boshligʻi, birinchi maslahatchi Vim Riepma, siyosiy masalalar boʻyicha mutaxassis Tomas Xyuet, hamkorlik boʻlimi xodimi Paulina Lenik, hamkorlik boʻlimi loyiha menejeri Akmal Rustamov va universitet rektori ishtirokida boʻlib oʻtdi. Urganch davlat universiteti Bahrom Abdullayev va bir guruh mutasaddilar, shuningdek, Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Botir Saidov hamda viloyat hokimligi vakillari hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

 

Uchrashuvda rektor B.Abdullayev Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati, xususan, ta’lim faoliyati, ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik aloqalari bilan tanishtirdi. Qayd etilishicha, ayni paytda 36 davlat bilan 120 dan ortiq hamkorlik memorandumlari mavjud. Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

 

Aytish joizki, hozirda universitetda Erasmus+ dasturi doirasida 8 ta zamonaviy laboratoriya tashkil etilgan. 400 dan ortiq professor-o‘qituvchilar xorijiy oliy ta’lim muassasalariga borib, malakasini oshirib qaytdilar. Xuddi shunday, o‘quv jarayoniga xorijiy nufuzli universitetlarning malakali professor-o‘qituvchilari jalb etildi. Ushbu dastur doirasidagi Erasmus+ loyihalari ta’lim sifatini yanada oshirishga katta hissa qo‘shmoqda.

 

Bunday istiqbolli natijalar elchi Sharlotta Adrian va delegatsiya vakillarini xursand qildi. Ular ushbu hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash istagini bildirdilar. Shuningdek, Erasmus+ keyingi 7 yil uchun byudjetini ikki barobarga oshirgani, bu ilm-fan rivoji uchun juda muhim ekani va Yevropa Ittifoqi hamkorlikni har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani ta’kidlandi. Uchrashuvda oʻzbek va yevropalik oʻqituvchilar almashinuvini kuchaytirish ham taʼkidlandi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz