2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Yevropa Ittifoqi–Markaziy Osiyo Innovatsiya Forumi 2026

25
Yevropa Ittifoqi–Markaziy Osiyo Innovatsiya Forumi 2026

“InnoWeek-2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida “Yevropa Ittifoqi–Markaziy Osiyo Innovatsiya Forumi” bölib ötdi. Forum Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion hamkorlikni rivojlantiriş, ilğor tajribani örganiş hamda qöşma loyihalar uçun yangi imkoniyatlarni aniqlaşga bağişlandi.

Bugungi kunda innovatsion taraqqiyot nafaqat yangi texnologiyalar yaratiş, balki ilmiy işlanmalarni iqtisodiyot va jamiyat ehtiyojlariga yönaltiriş bilan ham çambarças boğliq. Bunda xalqaro hamkorlik, bilim va tajriba almaşinuvi, ilmiy jamoalarning özaro aloqalari muhim örin tutadi. Forum aynan şu jarayonlarni jadallaştiriş va Özbekiston tadqiqotçilarining xalqaro ilmiy makondagi iştirokini kengaytiriş nuqtayi nazaridan ahamiyatlidir.

Tadbir Özbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida taşkil etildi. Unda Innovatsion rivojlaniş agentligi direktori örinbosari Javlonbek Abdujalilov iştirok etdi va mintaqadagi innovatsion ekotizimni rivojlantiriş, texnologiyalar almaşinuvi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etiş va xalqaro ilmiy dasturlarda iştirok etiş masalalari muhokama qilindi.

Forumning asosiy yönalişlaridan biri — Yevropa Ittifoqining Horizon Europe va Horizon 2020 dasturlari orqali xalqaro ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini keng yoritiş böldi. Uşbu dasturlar doirasida amalga oşirilgan muvaffaqiyatli loyihalar va hamkorlik tajribasi muhokama qilinib, olimlar hamda innovatorlar uçun xalqaro taşabbuslarda qatnaşiş, yangi hamkorlar topiş va qöşma tadqiqotlarni yölga qöyiş imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Forumning oçiliş qismida “Yangi imkoniyatlar: Özbekiston–Yevropa Ittifoqi: hamkorlik” mavzusidagi taqdimot ötkazildi. Şuningdek, Yevropa Ittifoqi taşabbuslari doirasida Markaziy Osiyodagi innovatsion muhit, texnologiyalar transferi va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari körib çiqildi.

Tadbirda xalqaro taşkilotlar, Milliy Erasmus+ ofisi, universitetlar va ilmiy muassasalar vakillari, xalqaro ekspertlar, yoş olimlar hamda tadqiqotçilar iştirok etdi. “Innovatsion loyihalar: Markaziy Osiyo tajribasi” sessiyasida mintaqa mamlakatlarining istiqbolli işlanmalari va amaliy tajribasi namoyiş etildi. Bu mintaqada yaratilayotgan innovatsion yeçimlarni tanitiş, samarali tajribalarni ommalaştiriş va yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş uçun muhim maydon böldi.

Forumning ahamiyati xalqaro muloqot bilan çeklanmaydi, u ilmiy salohiyatni birlaştiriş, Özbekiston tadqiqotçilarining xalqaro loyihalardagi iştirokini kengaytiriş va ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etişga xizmat qiladigan hamkorlik aloqalarini rivojlantirişga yönaltirilgan. Yevropa Ittifoqi bilan izçil hamkorlik esa mamlakatimiz innovatsion ekotizimining rivojlanişi, yangi texnologiyalarni özlaştiriş va ilmiy işlanmalarning amaliy qiymatini oşiriş uçun muhim imkoniyatlar yaratadi.

Batafsil: https://innoweek.uz/uz/news/237

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz