Yangiliklar
"Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarda sun’iy intellekt: baholaş, akademik halollik, axloqiy tamoyillar va işonçli natijalar" mavzusida Texnik yordam missiyasi (TAM) seminari
2026-yil 26–27-oktabr kunlari Nukus davlat texnika universitetida"Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarda sun’iy intellekt: baholaş, akademik halollik, axloqiy tamoyillar va işonçli natijalar" mavzusida Texnik yordam missiyasi (TAM) seminari bölib ötdi.
📌 TAM seminarining birinchi kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi qömitasi raisi Murat Atamuratov, Nukus davlat texnika universiteti rektori, Professor Batirbek Kaipbergenov hamda Özbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi koordinatori Aziza Abduraxmanovaning kiriş va tabrik nutqlari bilan boşlandi.

Oliy ta’lim islohotlari böyiça milliy ekspertlar guruhi (HEREs) a’zosi Prof. Asiya Tureniyazova ham seminar mavzusining dolzarbligi hamda oliy ta’lim sohasidagi islohotlar bilan boğliq jihatlarga e’tibor qaratdi.
Sun’iy intellektdan ta’lim va ilmiy tadqiqotlarda foydalanish böyiça Yevropa Ittifoqi ekspertlari:
🔹 Shvetsiyaning Uppsala universiteti professori Sonja Bjelobaba ma’ruzasida akademik halollik tushunçasi va uning ahamiyati, akademik matnlar yozişda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish, sun’iy intellektning ta’limdagi afzalliklari va çeklovlari, postplagiat hamda generativ sun’iy intellekt masalalariga e’tibor qaratildi.
🔹 Avstriyaning Grats texnika universiteti professori Martın Ebner (onlayn) ma’ruzasida sun’iy intellekt texnologiyalarining oliy ta’limdagi imkoniyatlari, ulardan öquv jarayonida foydalaniş hamda ta’lim sifatini oşirişdagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

📌 TAM seminarining ikkinçi kuni ilmiy tadqiqotlarda generativ sun’iy intellektdan (GenAI) axloqiy tamoyillarga rioya qilgan holda foydalaniş masalalariga bağişlandi.
⚡️ Ikki kunlik seminar davomida iştirokçilar oliy ta’limda sun’iy intellektdan foydalanişni tartibga soliş böyiça Yevropa yondaşuvlari, akademik halollikni ta’minlovçi baholaş modellari, ilmiy tadqiqotlarda sun’iy intellektdan notöğri foydalaniş xavflari va ularni bartaraf etiş yöllari, şuningdek, ilmiy tadqiqot natijalarining işonçliligi va şaffofligini oşiriş masalalari bilan tanişdilar.

Mazkur tadbir Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida Oliy ta’lim islohotlari böyiça milliy ekspertlar (HEREs) faoliyati doirasida Özbekiston Milliy Erasmus+ ofisi (NEO), Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda Nukus davlat texnika universiteti (NDTU) bilan hamkorlikda taşkil etildi.
