2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

GreenCamUz loyihasi bo‘yicha targ‘ibot sessiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

45
GreenCamUz loyihasi bo‘yicha targ‘ibot sessiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

12-avgust kuni O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi hamda Qo‘qon universiteti hamkorligida Erasmus+ CBHE doirasidagi GreenCamUz – “Green Campus Initiative: Integrating Sustainability into Higher Education in Uzbekistan” loyihasiga bag‘ishlangan onlayn targ‘ibot sessiyasi tashkil etildi.

Sessiya davomida GreenCamUz loyihasi vakillari:
Loyihaning maqsadlari, asosiy faoliyat yo‘nalishlari, ish paketlari va kutilayotgan natijalari haqida ma’lumot berdilar;
Oliy ta’lim dasturlariga barqarorlik va “yashil” kompetensiyalarni integratsiya qilish muhimligini ta’kidladilar;
OTMlarda “yashil kampus”larni rivojlantirish, ekologik xabardorlikni oshirish va ekologik mas’uliyatli universitetlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdilar;
Hamkorlik, tajriba almashish va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yangi tashabbuslarni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Ishtirokchilar “yashil kampus” amaliyotlari bilan yaqindan tanishish, o‘z fikr va g‘oyalarini almashish hamda GreenCamUz loyihasining O‘zbekistonda barqaror oliy ta’limni rivojlantirishdagi hissasi haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Erasmus+ loyihalari xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va oliy ta’limning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishda davom etmoqda.

Sessiya yozuvini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/iB71ISEI_-s

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz