2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik va grant imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

17
Xalqaro hamkorlik va grant imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar va tadqiqotchilarning xalqaro grant dasturlaridagi ishtirokini kengaytirish hamda ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan “Erasmus+ dasturi va xalqaro grant imkoniyatlari” mavzusida xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Akademiya prorektori Raima Shirinova ochib berdi. Seminar davomida O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi bilan hamkorlik, International Credit Mobility (ICM), Capacity Building in Higher Education (CBHE), Jean Monnet va Erasmus Mundus dasturlari doirasidagi imkoniyatlar muhokama qilinib, grant loyihalarini ishlab chiqish hamda xalqaro standartlar asosida loyiha hujjatlarini tayyorlash yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Seminar Akademiyada xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning xalqaro loyihalardagi ishtirokini faollashtirish hamda inson kapitalini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlarning amaliy davomi bo‘ldi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz