Yangiliklar
Universitetingiz Erasmus+ Xalqaro Kunlari 2026 doirasidagi tadbirga mezbonlik qilishga tayyormi?
19
Oʻzbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi Erasmus+ Xalqaro Kunlari (12–17-oktabr, 2026-yil) doirasida tashkil etiladigan tadbirlarga mezbonlik qilish istagidagi oliy taʼlim muassasalari uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanganini eʼlon qiladi.
Mezbon universitet sifatida siz:
- Talabalar, professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlarni Erasmus+ imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirasiz;
- Universitetingizning xalqaro faolligi va Erasmus+ dasturlaridagi ishtirokini namoyish etasiz;
- Universitetingizni Erasmus+ rasmiy axborot kanallari orqali targʻib qilish imkoniyatiga ega boʻlasiz;
- Erasmus+ HEREs ekspertlari, loyiha koordinatorlari va xalqaro hamkorlar bilan yangi aloqalarni yoʻlga qoʻyasiz.
Mezbon universitetlar uchun asosiy talablar:
- Kamida 50 nafargacha ishtirokchini sigʻdira oladigan konferensiya zali;
- Tadbirni foto, video va PR jihatdan yoritish imkoniyati;
- Monitor yoki proyektor mavjudligi.
- Kofe-breyklarni taqdim etish imkoniyati.
Muhim eslatma:
Har bir oliy taʼlim muassasasi Erasmus+ Xalqaro Kunlari doirasida faqat bitta tadbirga mezbonlik qilishi mumkin.
Arizalar qabuli: 25-avgust, soat 18:00 gacha.
Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/wsMi6HsDvVBHWAxr9
Batafsil maʼlumot: https://www.erasmusdays.eu/
Universitetingizni Erasmus+ Xalqaro Kunlari 2026 doirasida xalqaro hamkorlik, innovatsiyalar va yangi imkoniyatlar markaziga aylantiring!