2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

ERASMUS+ CBHE 2026 LOYIHALARI NATIJALARI E'LON QILINDI!

38
ERASMUS+ CBHE 2026 LOYIHALARI NATIJALARI E'LON QILINDI!

Yevropa Komissiyasi 2026-yilgi Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (Capacity Building in Higher Education — CBHE) tanlovi doirasida moliyalashtirish uchun tanlab olingan loyihalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Joriy yilda 180 ta loyiha moliyalashtirish uchun tavsiya etildi. Loyihalarda dunyoning 113 ta mamlakatidan 1 640 ga yaqin oliy ta’lim sohasi vakillari hamkor va koordinator sifatida ishtirok etadi.

Erasmus+ CBHE loyihalari Yevropa Ittifoqi va hamkor mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarini birlashtirib, zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, innovatsion o‘qitish usullarini joriy etish, akademik va ma’muriy xodimlar salohiyatini oshirish hamda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga xizmat qiladi.

2026-yilgi loyihalar quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:

  • Raqamli ta’lim va sun’iy intellekt;
  • Barqaror rivojlanish va iqlim o‘zgarishiga moslashish;
  • Sog‘liqni saqlash va muhandislik ta’limini modernizatsiya qilish;
  • Tadqiqotlarni boshqarish va universitetlarni moliyalashtirish;
  • Tadbirkorlik ta’limi va bandlikni oshirish;
  • Dezinformatsiyaga qarshi kurash va media savodxonlik;

Ziddiyatli vaziyatlardan zarar ko‘rgan hududlarda oliy ta’lim barqarorligini ta’minlash va boshqa dolzarb yo‘nalishlar.

2021–2027-yillar davomida Erasmus+ dasturi doirasida Oliy ta’limda salohiyatni oshirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 613 million yevro ajratilgan bo‘lib, shundan 2026-yilgi tanlov uchun 113 million yevro yo‘naltirilgan.

Qo‘shimcha ma’lumot:
https://erasmus-plus.ec.europa.eu/whats-new/news/latest-selection-of-projects-announced-to-support-international-cooperation-in-higher-education

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz