Yangiliklar
ERASMUS+ CBHE 2026 NATIJALARI E'LON QILINDI!
2026-yilgi Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) tanlovi doirasida moliyalashtirish uchun tanlab olingan 180 ta loyihadan 11 tasi Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalarini (OTM) o‘z ichiga oladi. Ulardan 9 tasi O‘zbekiston ishtirokida bo‘lib, 4 ta loyiha bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi – Grantholder (muvofiqlashtiruvchi) sifatida qatnashmoqda:
- ALFRAGANUS UNIVERSITY (Erasmus+ CBHE UNI2CARE)
- Al-Xorazmiy universiteti (Erasmus+ CBHE WASTE-UZ)
- JIZZAKH POLYTECHNIC INSTITUTE (Erasmus+ CBHE UzEcoDigiT)
- FERGANA STATE UNIVERSITY (Erasmus+ CBHE FOOD4FUTURE)
Umumiy hisobda, O‘zbekistonning 17 ta OTMlari (Toshkent, Xorazm, Buxoro, Andijon, Farg'ona va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlaridan) ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyo (Region 6) uchun ajratilgan umumiy byudjet taxminan 6,5 million yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning 27 ta universiteti hamda tegishli vazirliklari ham ushbu loyihalarga jalb qilingan.
O‘zbekistondan 3 ta yangi OTM birinchi bor CBHE loyihalarida ishtirok etmoqda. Ularning 2 tasi davlat, 1 tasi esa xususiy OTMlardir:
- Al-Xorazmiy universiteti;
- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali;
- Xalqaro Nordik universiteti.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jami 2 ta loyihada qatnashmoqda. Shuningdek, 7 ta nodavlat tashkilotlar ham O‘zbekistondan ishtirok etmoqda, jumladan vazirliklar, assotsiatsiyalar, korxonalar va ittifoqlar:
-Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
-Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi
-O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi” yuridik shaxslarning birlashmasi;
-“NAZAR BUSINESS AND TECHNOLOGY” MChJ;
-“KNOWLEDGE TRIANGLE AND INNOVATION” MChJ;
-“TEXTILE STANDARD SERVICES” MChJ;
-“NOVATECHNOLOGY” MChJ;
Loyiha turlari:
5 ta mintaqaviy loyiha:
UNI2CARE — O‘zbekiston va Tojikistonda bandlik va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun sun’iy intellektga asoslangan integratsiyalashgan kasbiy ekotizim
GreenPath — Markaziy Osiyoda barqaror ko‘nikmalar, chidamli iqtisodiyotlar va yuqori sifatli yashil ish o‘rinlari uchun oliy ta’lim tizimlarini o‘zgartirish
FOOD4FUTURE — O‘zbekiston va Qozog‘istonda oziq-ovqat iste’molchilari uchun sog‘lomroq tanlovlarni ta’minlash vositasi sifatida mahsulot tarkibini qayta shakllantirishni kuchaytirish
GreenTex — Markaziy Osiyoda to‘qimachilik ta’limining barqaror va raqamli transformatsiyasida akademik mukammallik uchun yashil innovatsiyalar tarmog‘i
DIETICA — Markaziy Osiyoda xalqaro talablarga muvofiqlashtirilgan dietologiya ta’limini rivojlantirish
2 ta milliy loyiha:
WASTE-UZ — Chiqindilar bo‘yicha xabardorlik, ko‘nikmalarni rivojlantirish va ta’lim — O‘zbekiston
UzEcoDigiT — O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bakalavriat ta’lim dasturining yashil raqamli transformatsiyasi
2 ta mintaqalararo loyiha:
INSPIRE 21 — XXI asrda barqaror o‘sish uchun xalqaro hamkorlik va ko‘nikmalarni kuchaytirish
DIGI4ENERGYS — Qayta tiklanuvchi energetika muhandisligi ko‘nikmalari uchun raqamlashtirish