2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

ERASMUS MUNDUS 2026: O‘ZBEKISTON UNIVERSITETLARI XALQARO LOYIHALARDA NAVBATDAGI MUVAFFAQIYATGA ERISHDI!

13
ERASMUS MUNDUS 2026: O‘ZBEKISTON UNIVERSITETLARI XALQARO LOYIHALARDA NAVBATDAGI MUVAFFAQIYATGA ERISHDI!

Yevropa Komissiyasi Erasmus+ dasturining 2026-yilgi Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) tanlovi natijalarini e’lon qildi. Joriy yilda 37 ta Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturi va 50 ta Erasmus Mundus Design Measures (EMDM) loyihasi moliyalashtirish uchun tanlab olindi.

Quvonarlisi, O‘zbekistonning 3 ta oliy ta’lim muassasasi tanlangan EMJM loyihalarida hamkor sifatida ishtirok etmoqda:

SMARTLight – Smart LightWave Technologies for 6G Telecom Systems
Qarshi davlat texnika universiteti (TATU Qarshi filiali)

ME3-4S – Erasmus Mundus Joint Master in Management and Engineering of Environment and Energy for a Sustainable Future
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

CNE – Chemical Nano-Engineering
Turin politexnika universitetining Toshkent shahridagi filiali

2026-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 3 ta tanlangan EMJM loyihasida ishtirok etayotgan mamlakatlar qatoridan joy oldi.

Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturlari dunyoning yetakchi universitetlari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi va talabalarga bir nechta davlatlarda tahsil olish hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan stipendiyalarni qo‘lga kiritish imkoniyatini yaratadi. Yangi tanlangan dasturlar bo‘yicha talabalar qabuli 2026-yil kuzida boshlanadi, o‘qish esa 2027-yil sentyabr oyida start oladi.

Rasmiy havola:
https://erasmus-plus.ec.europa.eu/whats-new/news/87-projects-selected-under-erasmus-mundus-in-latest-call-for-proposals

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz