Yangiliklar
HEREs Nashrlari | Erasmus+ dasturlarining yuridik ta’limni rivojlantirishga ta’siri
Sizlarga “Oliy ta’lim taraqqiyotining istiqbollari” ilmiy-uslubiy jurnalining 19-sonidan navbatdagi maqolani taqdim etamiz. Mazkur jurnal O‘zbekiston Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha milliy ekspertlari (HEREs) tomonidan nashr etiladi.
🔹 Muallif: Jaloliddin Raxmonov
🔹 Maqola nomi: Erasmus+ dasturlarining yuridik ta’limni rivojlantirishga ta’siri
Mazkur maqolada Erasmus+ dasturlarining O‘zbekistonda yuridik ta’limni modernizatsiya qilishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Muallif o‘quv dasturlarini yangilash, akademik mobillikni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda bo‘lajak yuristlarda amaliy va transversal kompetensiyalarni shakllantirishda Erasmus+ dasturining muhim hissasini yoritadi. Shuningdek, MELE (Modernising European Legal Education) loyihasi misolida yuridik ta’limni zamonaviy talablar asosida rivojlantirish tajribasi tahlil qilingan.
Maqolaning asosiy jihatlari:
- Erasmus+ yuridik ta’limni modernizatsiya qilish, innovatsion o‘qitish usullarini joriy etish va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda;
- Akademik mobillik talabalarda amaliy ko‘nikmalar, madaniyatlararo kompetensiyalar, xorijiy til bilimlari va turli huquq tizimlarini tushunish qobiliyatini rivojlantirmoqda;
- MELE loyihasi doirasida klinik yuridik ta’lim, keys-stadi, sud jarayonlari simulyatsiyasi (moot court) va talaba markazli o‘qitish usullari joriy etildi;
- Erasmus+ raqamli kompetensiyalarni, fanlararo yondashuvlarni hamda sun’iy intellekt, LegalTech va Yevropa huquqi kabi zamonaviy yo‘nalishlarni yuridik ta’limga integratsiya qilishni qo‘llab-quvvatlamoqda;
- Maqolada yuridik ta’limni internatsionallashtirish, universitetlar va professional hamjamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda XXI asr talablariga javob beradigan malakali yuristlarni tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.