Yangiliklar
Xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyat: Erasmus+ Cooperation Seminar 2026
Oliy ta'lim muassasalari rahbariyati, xalqaro aloqalar bo'limlari xodimlari hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun mas'ul mutaxassislarni 2026-yil 7–9-oktabr kunlari Qozog'istonning Olmaota shahridagi Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida bo'lib o'tadigan “Erasmus+ Cooperation Seminar” xalqaro seminarida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Sana: 7-9-oktyabr
Manzil: Qozogʻiston Respublikasi Olmaota shahri Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti
Ishchi til: ingliz tili.
Seminar Avstriya, Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston, Mo'g'uliston va Osiyoning boshqa davlatlaridan universitetlar vakillarini birlashtirib, oliy ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi hamkorliklarni yo'lga qo'yish uchun muhim platforma bo'lib xizmat qiladi.
Seminar davomida siz:
- yangi xalqaro hamkorlarni topish;
- Yevropa va Osiyo universitetlari bilan bevosita aloqalar o'rnatish;
- Erasmus+ va boshqa xalqaro dasturlar doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish;
- oliy ta'limni internatsionallashtirish bo'yicha tajriba almashish kabi imkoniyatlarga ega boʻlasiz.
Ishtirok etish uchun ta'lim yo'nalishi yoki bosqichi bo'yicha hech qanday cheklov mavjud emas.
Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 2026-yil 31-iyul
Ro'yxatdan o'tish: Havola
Rasmiy Havola: https://erasmusplus.oead.at/en/events/epu-plenary-meeting-erasmus-contact-seminar