2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

HEREs Nashrlari | Erasmus+ dasturining Mintaqaviy axborot kuni va “Oliy ta’limda sun’iy intellekt” mavzusidagi Texnik ko‘mak missiyasi (TAM) konferensiyasi

18
HEREs Nashrlari | Erasmus+ dasturining Mintaqaviy axborot kuni va “Oliy ta’limda sun’iy intellekt” mavzusidagi Texnik ko‘mak missiyasi (TAM) konferensiyasi

Sizlarga “Oliy ta’lim taraqqiyotining istiqbollari” ilmiy-uslubiy jurnalining 19-sonidan navbatdagi maqolani taqdim etamiz. Mazkur jurnal O‘zbekiston Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha milliy ekspertlari (HEREs) tomonidan nashr etiladi.

🔹 Muallif: Laura Paluanova
🔹 Maqola nomi: Erasmus+ dasturining Mintaqaviy axborot kuni va “Oliy ta’limda sun’iy intellekt” mavzusidagi Texnik ko‘mak missiyasi (TAM) konferensiyasi (2026-yil 21–22-may)
🔹  DOI: 10.34920/phe.2026.19.14

Mazkur maqolada 2026-yil 21–22-may kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Erasmus+ dasturining Mintaqaviy axborot kuni hamda “Oliy ta’limda sun’iy intellekt” mavzusidagi Texnik ko‘mak missiyasi (TAM) konferensiyasining asosiy natijalari, tavsiyalari va mintaqaviy ahamiyati yoritilgan. Tadbirda Markaziy Osiyoning besh davlati, Yevropa Ittifoqi va xalqaro tashkilotlardan 300 dan ortiq vakillar ishtirok etib, Erasmus+ imkoniyatlari, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda sun’iy intellektni oliy ta’limga mas’uliyatli joriy etish masalalarini muhokama qildilar.

 Asosiy jihatlar:

  •   Markaziy Osiyo universitetlari o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalari va akademik tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi;
  •   Erasmus+ loyihalariga sifatli loyiha takliflarini tayyorlash va xalqaro loyihalarni samarali boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi;
  •   Sun’iy intellektni ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va universitet boshqaruviga mas’uliyatli, etik va inson markazli yondashuv asosida joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi;
  •   Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston uchun sun’iy intellekt siyosati, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish va raqamli transformatsiya bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi;
  •   Markaziy Osiyoda sun’iy intellekt bo‘yicha mintaqaviy oliy ta’lim tarmog‘ini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi

To'liq maqolani o'qish: https://erasmus.uz/storage/files/HEREs/HERE_2026_journal.pdf

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz