2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ dasturining O‘zbekiston–Ispaniya oliy ta’lim hamkorligini rivojlantirishdagi o‘rni Madriddagi forumda muhokama qilindi

27
Erasmus+ dasturining O‘zbekiston–Ispaniya oliy ta’lim hamkorligini rivojlantirishdagi o‘rni Madriddagi forumda muhokama qilindi

Madrid va Barselona shaharlarida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Ispaniya universitetlari forumi doirasida “Erasmus+ – Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy platformasi sifatida” mavzusida panel sessiya tashkil etildi.

Mazkur sessiya O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan hamkorlik natijalari, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi imkoniyatlarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Panel muhokamasida Erasmus+ Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HERE) a’zosi, Namangan davlat texnika universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Ilxom Abduraxmanov ekspert sifatida ishtirok etdi.

Sessiya davomida Erasmus+ dasturining oliy ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, akademik mobillikni rivojlantirish va universitetlarning institutsional salohiyatini oshirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Muhokamalar jarayonida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:

• Erasmus+ dasturining O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi;
• Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalarining natijalari va barqarorligi;
• Xalqaro grant loyihalarini ishlab chiqish va boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalar;
• Universitetlar o‘rtasidagi akademik hamkorlik va mobillik imkoniyatlarini kengaytirish;
• Erasmus+ dasturining kelgusi tanlovlari va yangi hamkorlik istiqbollari.

Panel sessiyasi Erasmus+ dasturining O‘zbekiston va Ispaniya universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi muhim o‘rnini yana bir bor namoyon etib, xalqaro akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr almashish uchun samarali platforma vazifasini o‘tadi.

O‘zbekiston–Ispaniya universitetlari forumi ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yangi aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mavjud hamkorliklarni kengaytirish hamda Erasmus+ dasturi doirasidagi qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz