2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

ERASMUS+ MINTAQAVIY AXBOROT KUNI VA “OLIY TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKT” KONFERENSIYASI QOZOG‘ISTONDA BO‘LIB O‘TDI

140
ERASMUS+ MINTAQAVIY AXBOROT KUNI VA “OLIY TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKT” KONFERENSIYASI QOZOG‘ISTONDA BO‘LIB O‘TDI

21–22 may kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Erasmus+ Mintaqaviy axborot kuni hamda “Oliy ta’limda sun’iy intellekt” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda:

  • 466 nafar ishtirokchi (440 nafari oflayn, 26 nafari onlayn);
  • Markaziy Osiyoning 5 davlati;
  • 25 ta shahar;
  • 71 ta oliy ta’lim muassasasi vakillari ishtirok etdi.

Ikki kun davom etgan tadbirda Markaziy Osiyoning besh davlatidan oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar, Milliy Erasmus+ Ofislari va Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlari (HERE) ishtirok etib, Erasmus+ dasturining mintaqadagi o‘rni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda sun’iy intellektning oliy ta’limga ta’siri masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Milliy Erasmus+ Ofisi koordinatori Aziza Abdurakhmanova, HERE ekspertlari Zumrad Usmonova va Ilhom Abdurahmonov hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida O‘zbekiston vakillari Erasmus+ loyihalari sifatini oshirish, sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga oid sessiyalarda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Konferensiya doirasida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • Erasmus+ dasturi bo‘yicha raqobatbardosh loyiha takliflarini tayyorlash;
  • Markaziy Osiyoda universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish;
  • Oliy ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishning imkoniyatlari va xatarlari;
  • Akademik halollik, sifat ta’minoti va raqamli transformatsiya masalalari.

Tadbir yakunida xalqaro akademik hamkorlik, innovatsiyalar va raqamli transformatsiyani rivojlantirish bo‘yicha qator tavsiyalar ishlab chiqildi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining oliy ta’lim sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

Batafsil: https://erasmus.kz/en/novost/regional-infoday-erasmus-programme-and-tam-conference-ai-higher-education

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz