Yangiliklar
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
37
6-aprel kuni O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) rektori, professor Bakhtiyor Pulatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- Erasmus+ imkoniyatlaridan universitet miqyosida samarali foydalanish
- Oliy ta’lim muassasasida xalqaro loyihalarni kengaytirish istiqbollari
- Central Asian Green Universityda Erasmus+ doirasida tadbirlar tashkil etish imkoniyatlari
Eslatib o‘tamiz, mart oyida ushbu universitet hamkorligida “Green Campus Initiative: Integrating Sustainability into Higher Education in Uzbekistan” loyihasining kick-off uchrashuvi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan edi