2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

GREENCAMUZ LOYIHASINING KICK-OFF UCHRASHUVI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI

24
GREENCAMUZ LOYIHASINING KICK-OFF UCHRASHUVI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI

25–27-mart kunlari Toshkent shahrida GreenCamUz: “Green Campus Initiative: Integrating Sustainability into Higher Education in Uzbekistan” loyihasining rasmiy boshlanish uchrashuvi O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi, Toshkent Xalqaro universiteti (TIU), Green universiteti va Alfraganus Universiteti bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida:

  • Loyiha rasmiy ochilishi va yuqori darajadagi tabrik nutqlari bo‘lib o‘tdi
  • Hamkor tashkilotlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdi
  • Loyiha ish paketlari (WP1–WP7), vazifalar va kutilayotgan natijalar ko‘rib chiqildi
  • Barqaror kampus strategiyasi, o‘quv dasturlarini “yashillashtirish” va infratuzilma masalalari muhokama qilindi
  • Loyiha boshqaruvi, moliyaviy masalalar va keyingi bosqichlar rejalashtirildi

Shuningdek, ishtirokchilar uchun universitetlar bo‘ylab tanishtiruv turlari va Toshkent shahri bo‘ylab madaniy dastur ham tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, mazkur loyiha O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida ekologik barqarorlikni rivojlantirish, “yashil kampus” konsepsiyasini joriy etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz