Yangiliklar
Marie Skłodowska-Curie Actions (MSCA) bo‘yicha yangi Milliy aloqa nuqtasi
O‘zbekistonda Horizon Europe dasturi doirasidagi Marie Skłodowska-Curie Actions (MSCA) yo‘nalishi bo‘yicha yangi Milliy aloqa nuqtasi (National Contact Point) sifatida Alisher Pulatov tayinlandi.
Alisher Pulatov hozirda Westminster International University in Tashkentda Law, Technology and Education School dekani lavozimida faoliyat yuritmoqda.
U xalqaro huquq va tijorat huquqi sohasida keng akademik tajribaga ega bo‘lib, quyidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan:
-
University of Surrey – LLB with European Studies
-
University of Groningen – International Law (Erasmus postgraduate)
-
University of Westminster – LLM in International Commercial Law
-
Tashkent State University of Law – PhD in Law
Shuningdek, u Horizon Europe dasturining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha ham aloqa nuqtasi sifatida faoliyat yuritadi:
-
Marie Skłodowska-Curie Actions (MSCA)
-
Culture, Creativity and Inclusive Society
-
Civil Security for Society
Aloqa ma'lumotlarni olish uchun:
https://erasmus.uz/page/101-marie-sklodowska-curie-actions-msca
Ushbu tayinlov O‘zbekistonda tadqiqotchilar va ilmiy tashkilotlarning Horizon Europe dasturidagi ishtirokini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi deb umid qilamiz.