2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ DEBSEUZ loyihasi: Quyosh energetikasi: ta’lim, innovatsiya va hamkorlik

25
Erasmus+ DEBSEUZ loyihasi: Quyosh energetikasi: ta’lim, innovatsiya va hamkorlik

13-Yanvar, 2026-yil Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida (TTPU) quyosh energetikasi sohasiga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘z ishini boshladi. Tadbir Erasmus+ DEBSEUz loyihasi “O‘zbekistonda quyosh energiyasi bo‘yicha bakalavrlar uchun maqsadli ta’lim dasturini ishlab chiqish” doirasida tashkil etilib, “O‘zbekiston uchun quyosh energiyasi: ta’lim, innovatsiya va sanoat” mavzusiga bag‘ishlandi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘zenergoinspeksiya”, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, shuningdek O‘zbekiston va Yevropaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda. Tadbirda ACWA Power, Masdar, Mir Solar kabi yirik kompaniyalar vakillari ham qatnashmoqda.

O‘z nutqida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar barqaror energetika Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishi ekanini ta’kidlab, bilim almashinuvi va sheriklikni rivojlantirishga sodiqlik bildirdi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz