Yangiliklar
HEREs Study Visit: STEM ta’limida kelajak ko‘nikmalari va o‘quv dasturlari innovatsiyasi
24–25 noyabr, 2025-yilda Germaniyaning Kyoln shahrida TH Köln – Amaliy fanlar universiteti mezbonligida “Future Skills and Beyond: New Curricula and Learning Innovation for STEM Education” mavzusida Erasmus+ Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HEREs) (SPHERE) Study Visit muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Mazkur tashrif Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar (HEREs), oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda vazirlik va siyosat darajasidagi vakillarni birlashtirdi.

Ikki kun davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashdilar:
-
Oliy ta’lim muassasalarining strategik transformatsiyasi va jamiyatdagi rolining rivoji
-
Kelajak ko‘nikmalariga yo‘naltirilgan STEM o‘quv dasturlarini ishlab chiqish
-
Ta’lim jarayonida sun’iy intellekt (AI), immersiv texnologiyalar va Challenge-Based Learning yondashuvlaridan foydalanish
-
Texnologiyaga asoslangan ta’lim muhitlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
-
Metabolon institutiga tashrif orqali barqarorlik, aylanma iqtisodiyot va universitet–sanoat hamkorligi bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishish
-
Study Visit doirasidagi sessiyalar oliy ta’limda talabaga yo‘naltirilgan, innovatsion va moslashuvchan ta’lim yondashuvlarini rivojlantirish, shuningdek bitiruvchilarni murakkab real hayotiy muammolarga tayyorlash masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbir xalqaro tajriba almashish, tarmoqlanish va oliy ta’limni modernizatsiya qilish bo‘yicha muloqotni kuchaytirish uchun muhim platforma bo‘ldi.