Yangiliklar
Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish loyihalari koordinatorlaridan amaliy maslahatlar tadbir tashkil etildi
2026-yil 8-yanvar kuni “O‘zbekistondagi tajribali grant egalari va CBHE loyiha koordinatorlaridan foydali maslahatlar” mavzusida metodologik uchrashuv Turin Politexnika Universiteti (TTPU)da muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Sessiya davomida tajribali Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyiha koordinatorlari va grant egalari:
-
avval topshirilgan va amalga oshirilgan CBHE loyihalari tahlili,
-
loyiha takliflarining dolzarblik (relevance) qismi bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar,
-
O‘zbekistondagi CBHE loyihalarining yutuqlari, muammolari va o‘rganilgan saboqlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbirda DEBSEUZ, MECAS, DIANA, SPACECOM, QUARTZ, GreenENGINE, EMPOWER, ECAMPUZ, UzMedEn va Cyber4CA kabi CBHE loyihalari koordinatorlarining ma’ruzalari tinglandi.

Uchrashuvni o‘tkazib yubordingizmi? To‘liq videoyozuvni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/UaWqMHzLieg