2015-2020 yillar sayti

ERASMUS+ DOIRASIDA SIFAT KAFOLATI VA STRATEGIK RIVOJLANISHGA BAG‘ISHLANGAN BOLOGNA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

29

Bugun, 18-dekabr kuni Erasmus+ dasturi doirasida “Sifat kafolati va strategik rivojlanishga kompleks yondashuv: malaka talablari va daraja tuzilmalarini Bolonya jarayoniga uyg‘unlashtirish orqali tizimli muammolarni bartaraf etish” mavzusida onlayn seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Ushbu seminar davomida:

  • oliy ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish;

  • ta’lim dasturlari va milliy malaka ramkalarini Bolonya jarayoni tamoyillariga moslashtirish;

  • strategik rejalashtirishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Seminarning asosiy ma’ruzachisi — xalqaro miqyosda tan olingan ekspert, professor Ellen Hazelkorn bo‘lib, u Yevropa oliy ta’lim makonida sifat kafolati, institutsional rivojlanish va strategik boshqaruv bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur seminar Erasmus+ dasturi doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida sifat, shaffoflik va xalqaro uyg‘unlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Yozib olingan video ko'rish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=rCCjdOtEdBA

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz