2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

YEVROPA ITTIFOQI VA O‘ZBEKISTON O'RTASIDA QO‘SHMA ILMIY-TADQIQOT SALOHIYATI FORUMI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI!

15
YEVROPA ITTIFOQI VA O‘ZBEKISTON O'RTASIDA QO‘SHMA ILMIY-TADQIQOT SALOHIYATI FORUMI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI!

Bugun, 12-dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Advancing Uzbekistan’s Research Potential: EU Partnership Day” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Konferensiya Horizon Europe dasturlari doirasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish, tadqiqotchilar mobilligini oshirish hamda O‘zbekiston ilmiy salohiyatini global tadqiqot makoniga integratsiya qilishni maqsad qildi.

Tadbirning ochilish marosimida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toivo Klaar so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda O‘zbekiston–Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi strategik aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati hamda Yevropa Komissiyasi bo‘linmalari vakillari ham nutq so‘zladilar.

Sessiyalar davomida quyidagi yo‘nalishlar keng yoritildi:

  • Horizon Europe: Pillar II (hamkorlikdagi tadqiqotlar)

  • MSCA: Pillar I (ilmiy mobillik va iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash)

  • Grantga ariza topshirishdan shartnoma imzolashgacha bo‘lgan jarayon

  • Horizon 2020 doirasidagi Hydro4U loyihasi tajribasi

  • Erasmus+ dasturining yangi imkoniyatlari

 

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz