2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Texnik yordam missiyasi (TAM) seminari Qarshida!

86
Texnik yordam missiyasi (TAM) seminari Qarshida!

Texnik yordam missiyasi (TAM) seminari Qarshida!

24-25-sentabr kunlari Milliy Erasmus+ ofisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va boshqaruv universiteti (UITM) hamkorligida Qarshi shahrida “Oliy ta’limda muhandislik sohalariga oid ta’lim va amaliyotni integratsiya qilish” mavzusida ikki kunlik TAM seminari o‘tkazildi. 

Seminarda doktorantlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy va ma’muriy xodimlar ishtirok etib, Yevropa tajribasi, O‘zbekistonning hozirgi islohotlari hamda ta’limni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar bilan tanishdilar.

Seminarning asosiy mavzulari:

  • Prof. Zafar Sunnatov (UITM rektori), Mahmudjon Utkurov (Milliy Erasmus+ ofisi loyiha menejeri) va Nurbek Qobilov (UZ HERE, UITM) tomonidan ochilish nutqlari so‘zlanib, seminar maqsadlari va kutilayotgan natijalar ta’kidlandi.
  • Javlonbek Rahmatullayev (Andijon davlat texnika instituti) O‘zbekistonda muhandislik sohalarida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi bo‘yicha mavjud tashabbuslar va tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.
  • Dr. Filippo Silipigni (Fondazione Politecnico di Milano) Yevropa Ittifoqi tajribasini keng yoritib, intellektual mulk huquqlari, maxfiylik shartnomalari va Politecnico di Milanoda amalga oshirilgan loyihalar haqida amaliy misollar taqdim etdi.
  • Behruz Nematov (Uzbekistan GTL) sanoat korxonasida amaliy o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish tajribasini ishtirokchilar bilan bo‘lishdi.

Ikkinchi kun davomida ishtirokchilar kichik guruhlarda amaliy ishlar ustida ishlashdi va taqdimot qilib, STEAM integratsiyasida doimiy takomillashtirish strategiyalari bo‘yicha fikr almashdilar.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz